"Milan" A Seriyada ketma-ket 14 ta o'yinda mag'lub bo'lmadi

"Milan" A Seriyadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 14 o'yinga etkazdi.
Massimiliano Allegri bosh murabbiyligidagi jamoa o'z maydonida A Seriyaning 15-turida "Sassuolo" (2:2) bilan durang o'ynadi.
"San-Siro"da 1-turda "Kremoneze"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:2) "Milan" 9 g'alaba va 5 durang qayd etdi.
"Rossonerilar" ochkolarini 32taga etkazib, peshqadamlik qilmoqda va bugun "Udineze" mehmoni bo'ladigan "Napoli"ni 1 ochkoga ortda qoldirmoqda.
