«Milan» 2026/27 yilgi mavsum uchun mo'ljallangan mehmondagi liboslar to'plamini ko'rsatdi.

Puma brendiga mansub ushbu libos «rossoneri»larning 2006/07 yilgi mavsumda Afinada bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi finalidagi g'alabasining 20 yillik yubileyiga bag'ishlangan.

 

To'plam qizil-qora bezakli oq rangda ishlangan bo'lib, klub emblemasini oltinsimon dafna chambaragi o'rab turadi.

Manba: Stadion.uz