"Milan" A Seriya dastlabki turida mag'lubiyatga uchradi.

Massimiliano Allegri jamoasi o'z maydonida "Kremoneze"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:2.

Oxirgi marta "rossonerilar" 2019 yilda chempionatni mag'lubiyat bilan boshlagandi.

"Milan" 1996 yildan beri "Kremoneze"ni enga olmayapti. 2023 yilda ular 1:1 hisobida, 2022 yilda esa 0:0 hisobida durang o'ynagan. XXI asrda klublar boshqa uchrashmagan.

"Kremoneze"ning shu kungacha milanliklar ustidan qozongan so'nggi g'alabasi 1994 yilda bo'lgan.