«Korintians» yarim himoyachisi Andre «Milan»ga o'tmaydi. Bu haqda MilanNews xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, avvalroq «Milan» braziliyalik klub bilan Andrening transferi bo'yicha 17 million evro evaziga kelishib olgandi, biroq keyinroq «Korintians» kelishuv shartlarini o'zgartirib, summani oshirdi. Shu sababli «rossonerilar» muzokaralardan chiqishga qaror qilishdi.

Ta'kidlanishicha, transfer amalga oshishi uchun Andre hatto umumiy summadan unga tegishli bo'lgan 30 foiz ulushidan ham voz kechgan. Biroq bu ham «Korintians»ni ko'ndirishga yordam bermadi.

2026 yilda Andre barcha turnirlarda 29 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz