Michel "Barselona"ga qarshi o'yinda "Jirona"ning imkoniyatlarini baholadi

"Jirona" bosh murabbiyi Michel La Liganing "Barselona"ga qarshi bo'lajak o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Kataloniyaning ikki jamoasi o'rtasidagi bahs shanba kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 19:15 da yangraydi.
"Barsa" har doim "Barsa" bo'lib qoladi. So'nggi o'yinlarda yutqazdimi yoki g'alaba qozondimi, farqi yo'q - bu jamoa har qanday klubni mag'lub etishga qodir. Bo'lajak o'yinda nimagadir erishish uchun eng yaxshi jihatlarimizni ko'rsatishimiz kerak," - deya javob berdi Michel matbuot anjumanida.