Michel «Ayaks»ga bosh murabbiy bo'ladi

«Jirona»ning sobiq bosh murabbiyi Michel Gonsales Niderlandiyaning «Ayaks» klubi bilan mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 50 yoshli ispaniyalik mutaxassisning klub bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Michel faoliyati davomida avvalroq «Jirona», «Ueska» va «Rayo Valekano» klublarida ishlagan.
«Ayaks» o'tgan mavsumda Niderlandiya chempionatini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, turnir jadvalida atigi beshinchi o'rinni egalladi. Jamoa 34 ta turda 56 ochko to'plab, Chempionlar ligasi va Evropa ligasiga yo'llanma ololmadi. Yozda amsterdamliklar Konferentsiyalar ligasi saralash bosqichida ishtirok etishadi.