«Mets» Liga 1ni tark etdi.

Frantsiya chempionatining 32-turida Benua Taveno shogirdlari «Monako»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«To'q qizillar» 16 ochko bilan turnir jadvalining so'nggi, 18-pog'onasini egallab turibdi. Mavsum yakuni vaqtiga ikki tur qolganda, ular o'tish o'yinlari hududida borayotgan «Oser»dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.

Shu tariqa, «Mets» bir mavsumdan so'ng yana quyi divizionga ravona bo'ldi. Jamoa o'tgan mavsumdagina Frantsiya ikkinchi divizionidan Liga 1ga ko'tarilgan edi.