Messining xet-trigi Argentinaga JCh-2026ni Jazoir ustidan qozonilgan yirik g'alaba bilan boshlashga yordam berdi

Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Argentina va Jazoir milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan tugadi.
Argentina terma jamoasi tarkibida gollar muallifi yulduz hujumchi Lionel Messi bo'ldi. 38 yoshli forvard 17-daqiqada Rodrigo de Paul uzatmasidan so'ng, shuningdek, 60 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Messi poker qayd etishi ham mumkin edi, biroq uning 5-daqiqada urgan goli ofsayd tufayli bekor qilindi.
Argentina terma jamoasi navbatdagi o'yinini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o'tkazadi. Jazoir milliy terma jamoasi esa 23 iyun kuni Iordaniya bilan kuch sinashadi.
Kommentariyalar