Messining singlisi Mayamida avtohalokatga uchrab, jiddiy jarohat oldi

"Inter Mayami" klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining singlisi Mariya Sol Messi Mayamida avtohalokatga uchrab, og'ir jarohat oldi. Voqea o'tgan hafta ayolning rulda bo'lganida tutqanog'i tutib, boshqaruvni yo'qotgan va devorga urilganidan keyin sodir bo'lgan. Bu haqda Nueva Rioja xabar bermoqda.
Yo'l-transport hodisasi oqibatida Mariya Sol kuyishdan tashqari, ikki umurtqasi, tovoni va bilagi singan. Uzoq muddatli reabilitatsiya zarurati tufayli ayol 3 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Inter Mayami" yordamchi murabbiylaridan biri Xulian Arelyano bilan to'yni keyinga qoldirishga majbur bo'ldi.
Mariya Sol Messi reabilitatsiyadan o'tish uchun vatani Rosarioga (Argentina) olib kelingan.