Messi yillik 1,4 milliard evro maoshga rad javobini bergan

Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi prezidenti Anmar al-Xayli argentinalik yulduz hujumchi Lionel Messiga qancha pul to'lashga tayyorligini aytdi.
"Men haqiqatan ham Lionel Messi bilan ehtimoliy transfer haqida gaplashdim. O'shanda u hali "PSJ"da o'ynayotgandi. Men unga yiliga 1,4 milliard evro taklif qildim, biroq Messi rad javobini berdi," - dedi rahbar.
Messi ayni damda Amerikaning "Inter Mayami" klubi futbolchisi hisoblanadi. 38 yoshli argentinalikning mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda sakkiz karra "Oltin to'p" sohibi MLS chempioni bo'ldi.
Kommentariyalar