Lionel Messi terma jamoadagi gollari soni bo'yicha Krishtianu Ronaldudan 24ta to'pga ortda qolmoqda.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Venesuelaga (3:0) qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

Shu tariqa, Lionel Messi 194 o'yinda terma jamoa safida 113 va 114-gollarni kiritdi.

Argentinalik futbolchi terma jamoalar safida gollar soni bo'yicha faqat portugaliyalik Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda, uning hisobida 221 ta o'yinda 138 ta gol bor.