Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi 125-golini kiritdi.

39 yoshli hujumchi JCh-2026 1/8 finalidan o'rin olgan Misrga qarshi o'yinda (3:2) raqib darvozasini ishg'ol qildi.

«Inter Mayami» futbolchisi uchun bu gol milliy terma jamoa libosidagi 204-o'yinida 125-si bo'ldi.

Terma jamoalar miqyosida gol urish bo'yicha rekordchi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. U Portugaliya safida 231 ta uchrashuvda 146 ta gol urgan.

Manba: Stadion.uz