Messi terma jamoadagi 121 va 122-gollarini urdi

Messi terma jamoa safida 122 ta gol urdi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026 2-turidan o'rin olgan Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) 38 va 95-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi.
«Inter Mayami»ning 38 yoshli futbolchisi milliy jamoadagi 201-o'yinida 121 va 122-gollarini kiritdi va hamon jahon tarixida 2-o'rinni egallab turibdi.
Rekordchi – Krishtianu Ronaldu bo'lib, u Portugaliya terma jamoasi safida 228 ta o'yinda 143 ta gol urgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar