Messi terma jamoa safida 200 ta o'yin o'tkazgan tarixdagi uchinchi futbolchiga aylanadi

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi o'zining 200-uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. 38 yoshli futbolchi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi bugungi bahsda ushbu natijani qayd etadi. Bosh murabbiy Lionel Skaloni yulduz hujumchini asosiy tarkibga kiritdi.
Messi milliy terma jamoa safida 200 va undan ko'p o'yin o'tkazgan tarixdagi atigi uchinchi futbolchiga aylanadi. Bundan avval ushbu marrani Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 228) va Bader al-Mutava (Quvayt, 202) zabt etishgan edi.