"Inter Mayami" MLS pley-off chorak finalida "Tsintsinnati"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (4:0).

Lionel Messi jamoasining barcha to'rtta golida ishtirok etdi: 38 yoshli hujumchi bir marta o'zi gol urdi va uch marta sheriklariga golli pas uzatdi.

"Barakalla! Doim qiyinaladigan raqibimizga qarshi ajoyib o'yin. Yana bir qadam," - deb yozdi argentinalik uchrashuvdan keyin ijtimoiy tarmoqlarda.

"Inter Mayami"ning yarim finaldagi raqibi "Filadelfiya Yunion" yoki "Nyu-York Siti" bo'ladi.