Messi Shveytsariyaga qarshi o'yinda Jahon chempionatlaridagi 9 ta o'yinlik golli seriyasini yakunladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi va kapitani Lionel Messi JCh-2026 chorak finalidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi bahsda gol ura olmadi va mundiallardagi qatorasiga 9 ta o'yindan beri davom etib kelayotgan golli seriyasiga nuqta qo'ydi.
Messining Jahon chempionatlaridagi qatorasiga 9 ta o'yinda gol urishi musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi. Bu seriya JCh-2022 1/8 finali doirasidagi Avstraliyaga qarshi uchrashuvda boshlangan edi.
Shunday bo'lsa-da, Shveytsariyaga qarshi bahsda 39 yoshli forvard golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, u Jahon chempionatlaridagi mahsuldorlik (gol+pas) seriyasini 10 ta o'yinga etkazib oldi.
JCh-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliya bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 15 iyul kuni Atlantadagi (AQSh) «Mersedes-Bents Stedium» maydonida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar