Lionel Messi o'zining oltinchi jahon chempionatidagi ishtirokini dahshatli tarzda boshladi. 38 yoshli hujumchi Jazoir darvozasini uch bor ishg'ol etdi va guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan bahsda Argentinaga 3:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Endi mundiallar tarixidagi eng yoshi katta xet-trik muallifi unvoni aynan Messiga tegishli — 38 yoshu 357 kunlik. «Inter Mayami» vakili 2018 yilda 33 yoshu 130 kunligida xet-trik qayd etgan avvalgi rekordchi Krishtianu Ronalduni sezilarli darajada ortda qoldirdi.

Portugaliyalik futbolchi ushbu rekordni bugunning o'zidayoq qaytarib olishga harakat qilib ko'radi — uning jamoasi turnirdagi ishtirokini DR Kongoga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu hozir 41 yoshda.