JCh-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Lionel Messining faol harakatlari evaziga Angliya ustidan 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi.

39 yoshli Messi ushbu uchrashuvda Entso Fernandes va Lautaro Martinesning gollariga hammualliflik qilib, ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, futbolchining joriy mundialdagi assistlari soni 4 taga etdi.

Opta Sports tahliliy portali xabariga ko'ra, Messi JCh-1970 turniridagi Peledan keyin bitta Jahon chempionatining pley-off bosqichida 4 ta golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.

19 iyul kuni bo'lib o'tadigan Ispaniyaga qarshi final uchrashuvida Messi yana bitta golli uzatma uzatib, Pelening mazkur tarixiy natijasini yangilashi va mutlaq rekordchiga aylanishi mumkin.

Manba: Stadion.uz