Lionel Messi golli uzatma qayd etilgan JChlar soni bo'yicha o'z rekordini yangiladi.

Argentina terma jamoasi JCh-2026 1/8 finalida Misrni mag'lub etdi. Messi ushbu o'yinda bitta gol urdi va Kristian Romeroga golli pas berdi.

39 yoshli argentinalik uchun bu faoliyatidagi 6-jahon chempionati hisoblanadi va u ularning har birida kamida bittadan golli uzatma muallifiga aylangan.

Bu ko'rsatkich bo'yicha Messiga eng yaqin ta'qibchi xorvatiyalik Ivan Perishichdir. U to'rtta jahon chempionatida assistentlik qilgan.

Manba: Stadion.uz