Messi o'zi uchun "Barselona"dagi eng qadrli ikkita sovrin qaysi ekanini aytdi

"Barselona" afsonasi Lionel Messi o'zining klubdagi eng muhim deb hisoblagan ikkita lahzasi haqida gapirdi. U shunday deydi:
"Hammasi men uchun birdek qadrli. Xudoga shukri, shunday ajoyib damlarni dunyodagi eng yaxshi klublardan birida o'tkazdim. Lekin gap yutilgan sovrinlar haqida ketganida Gvardiola bilan amalga oshirgan birinchi sovrinimizni eslashim kerak. Keyingisi esa kechagidek yodimda turgan Luis Enrike bilan yutilgan so'nggi EChL kubogidir".
Avvalroq Messi "Barselona" faoliyatini yakunlashni orzu qilishi haqida gapirgan edi.