Messi Neymarning Braziliya terma jamoasiga qaytishi haqida fikr bildirdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Neymar Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatiga borishi kerakmi yoki yo'qmi, degan savolga javob berdi.
«Mening fikrim xolis bo'la olmaydi, chunki Neymar — mening do'stim. Lekin men uning Jahon chempionatiga borishini istardim. U hayotida ko'plab go'zal voqealar sodir bo'lishiga loyiq. U bunga, jumladan, qanday inson ekanligi bilan ham loyiqdir. Jahon chempionatlarida biz doimo eng zo'r futbolchilarni ko'rishni istaymiz. Neymar — ana shundaylar qatorida. Umid qilamanki, u Braziliya va butun dunyo uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi tufayli ham u erda bo'ladi», — deya Messining so'zlarini keltiradi The Touchline.
Eslatib o'tamiz, mart oyida Karlo Anchelotti Neymarni Braziliya terma jamoasiga chaqirmagan edi.