Messi muxlislar bilan xayrlashdi: "Hammasiga mana shunday yakun yasashdan xursandman"

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi so'nggi uy uchrashuvini o'tkazgan ko'rinadi. 38 yoshli hujumchi ikkita gol urdi va jamoaga JCh-2026 saralashida Venesuelani mag'lub etishga yordam berdi - 3:0.
Uchrashuv yakunlangach, Messi argentinalik muxlislar bilan xayrlashib, ta'sirli nutq so'zladi.
"Juda ko'p yillar o'tdi, biz har bir o'yindan zavqlanardik. Men juda baxtliman. Hammasini mana shunday yakunlashni men doim orzu qilardim. Men bu erda o'ynab, juda ko'p narsalarni boshdan kechirdim. Argentinada muxlislarimiz qarshisida o'ynash har doim yoqimli. Barselonada meni yaxshi ko'rishardi, bu erda ham menga shunday munosabatda bo'lishlarini orzu qilardim," - deya Messining so'zlarini keltiradi The Touchline.