Messi MLS pley-off rekordini o'rnatdi

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS rekordlarini yangilashda davom etmoqda. Dushanba kuni argentinalik futbolchi chorak finalda "Tsintsinnati"ga qarshi o'yinda (4:0) gol va uchta golli uzatma bilan jamoasini pley-offning yarim finaliga olib chiqdi.
Inter Miami News Hub xabariga ko'ra, endilikda aynan Messi MLS pley-off bosqichida golli harakatlar soni bo'yicha rekordchiga aylandi - 12 (6+6). Bunday ko'rsatkichga erishish uchun 38 yoshli hujumchiga atigi 4ta o'yin kifoya qildi.
Avvalgi rekordchilar Ante Razov va Karlos Ruis bo'lib, ular 2000 va 2002 yillarda mos ravishda o'n ochko to'plagan.
Kommentariyalar