Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 1/8 finali doirasidagi Misrga qarshi o'yinda (3:2) Kristian Romeroga golli pas uzatdi.

Endilikda Messi hisobida 9 ta natijali uzatma mavjud. U 8 ta assist qayd etgan hamyurti Diego Maradonaning rekordini yangiladi.

Manba: Stadion.uz