Messi joriy yilda ham yuqori sermahsullik ko'rsatmoqda

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi bir kalendar yilidagi 40 o'yinlik golli harakatlarni amalga oshirdi.
38 yoshli futbolchi yaqinda MLSda "Sietl Saunders"ga qarshi o'yinda (3:1) gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
AlbicelesteTalk xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi ketma-ket 19 yil davomida bir yil ichida 40 ta golli harakatlarga erishgan.
Lionel Messi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o'ynamoqda.