Messi JChlardagi 14, 15 va 16-gollarini urib, Klozening rekordini takrorladi

Lionel Messi JChlardagi 14, 15 va 16-gollarini kiritdi va Klozening rekordini takrorladi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026 1-turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi uchrashuvda (3:0, 2-taym davom etmoqda) xet-trik qayd etdi.
«Inter Mayami»ning 38 yoshli futbolchisi bugun jahon chempionatlaridagi o'zining 14, 15 va 16-gollarini urdi. Shu tariqa, u hisobida 14 tadan gol bo'lgan Kilian Mbappe va Gerd Myullerni, shuningdek, Ronaldo (15)ni ortda qoldirib, Miroslav Klozening (16) rekordini takrorladi.