Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finali doirasida Shveytsariyaga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda (3:1) gol ura olmadi va o'z tarixiy seriyasini yakunladi.

Messining ketma-ket to'qqizta o'yinda gol urgan seriyasi jahon chempionatlari tarixida rekord hisoblanadi. Ushbu seriya 2022 yilgi mundialning 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi kechgan o'yindan boshlangan edi.

Shunga qaramay, 39 yoshli forvard Shveytsariyaga qarshi bahsda golli uzatmaga mualliflik qildi va samarali harakatlari (gol yoki assist) seriyasini 10 ta o'yinga etkazdi.

JCh-2026 yarim finalida Argentina terma jamoasi Angliya bilan to'qnash keladi. O'yin 15 iyul kuni AQShning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bents Stedium»da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz