Messi JChdagi 18 ta golidan 12 tasini 35 yoshdan keyin urdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 35 yoshdan keyin jahon chempionatlarida gol urish bo'yicha etakchilik qilmoqda.
Bugungi JCh-2026 guruh bosqichi doirasidagi Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) Messi dubl qayd etdi va 18 ta gol bilan jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Lionel ushbu gollardan 12 tasini 35 yoshdan keyin kiritgan: uning hisobida JCh-2022da 7 ta gol va JCh-2026da 5 ta gol mavjud.
Messidan keyin 35 yoshdan oshgan futbolchilar o'rtasida JChda gol urish bo'yicha ikkinchi o'rinni kamerunlik Roje Milla (5 ta gol) egallab turibdi, frantsiyalik Olive Jiru hisobida esa 4 ta gol bor.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar