Messi JChda 11 ta terma jamoa darvozasini ishg'ol qilib, Ronaldo, Klinsmann va Klozening rekordini yangiladi

Argentina terma jamoasi forvardi Lionel Messi JCh-2026 1-turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi uchrashuvda dublga erishdi.
Shu tariqa, «Inter Mayami»ning 38 yoshli futbolchisi jahon chempionatlari tarixida 11 ta har xil terma jamoaga gol urgan ilk o'yinchiga aylandi.
Messi bu borada 10 ta milliy terma jamoa darvozasini ishg'ol qilgan Ronaldo, Yurgen Klinsmann va Miroslav Klozening rekordini yangiladi.
Bundan avval Messi JChlarda Serbiya, Meksika, Nigeriya, Bosniya va Gertsegovina, Eron, Xorvatiya, Avstraliya, Niderlandiya, Frantsiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalariga gol urgan edi.