Lionel Messi jahon chempionati-2026 musobaqasida 9 ta natijali harakatni amalga oshirdi.

Bugun Argentina terma jamoasi hujumchisi 1/8 finaldan o'rin olgan Misrga qarshi o'yinda (3:2) Kristian Romeroga golli uzatma berdi va o'z nomiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

39 yoshli futbolchining ushbu turnirdagi ko'rsatkichlari 8 ta gol va 1 ta golli pasga etdi. U gol+pas tizimida eng ko'p ochko to'plagan futbolchilar ro'yxatida birinchi o'rinni Kilian Mbappe bilan bo'lishib turibdi — Frantsiya terma jamoasi forvardi hisobida 7 ta gol va 2 ta assist bor.

Ularning eng yaqin ta'qibchilari bo'lgan Erling Xoland va Xarri Keyn hisobida esa 7 tadan ochko mavjud.

Manba: Stadion.uz