Lionel Messi mashhur WhoScored statistik portalining o'rtacha baholariga ko'ra, yakunlangan JCh-2026 guruh bosqichining eng yaxshi futbolchilari ro'yxatini boshqarib bormoqda.

39 yoshli argentinalik hujumchi guruh bosqichida 6 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va 8,92 o'rtacha ballga loyiq ko'rildi. Reytingning ikkinchi pog'onasini norvegiyalik Erling Xoland (8,87 ball) egallab turgan bo'lsa, frantsiyalik Kilian Mbappe (8,33 ball) uchinchi bo'ldi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Vinisius Junior (Braziliya, 8,29 ball) va Usmon Dembele (Frantsiya, 8,16 ball) joy olishdi. Keyingi 6-o'rindan 10-o'ringacha bo'lgan pog'onalarni mos ravishda Ashraf Hakimiy, Kodi Gakpo, Leandro Trossard, Vilyam Saliba va Mateus Kunya egallab turishibdi.

Messi ayni damda to'purarlar poygasida ham peshqadamlik qilmoqda. U guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan Iordaniyaga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushib, jarima zarbasini golga aylantirgan edi.

Manba: Stadion.uz