Messi: «JCh-2026 boshlanishidan avval ham Argentinada chempionlik uchun imkoniyat bo'lishini bilardim»

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi yo'li haqida fikr bildirdi.
Turnirning yarim finalida argentinaliklar Angliyani 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 39 yoshli Messi maydonda to'liq harakat qildi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«Ochig'ini aytsam, turnir boshlanishidan avval ham bu jamoaga chindan ishongandim. Yarim finalgacha etib borishimiz va chempionlik uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'lishimizni bilardim. Endi biz yana finaldamiz — bu juda ajoyib. Biz yana ko'p yillardan buyon jamoaga xos bo'lgan xislatlarni namoyish etdik: sifatli futbol, xotirjamlik va o'yinni o'qiy olish qobiliyati», — deya Messining so'zlarini keltiradi TyC Sports.
JCh-2026 dagi 7 ta o'yinda Messi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ayni damda turnirning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatini boshqarib bormoqda.
Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv yakshanba, 19 iyul kuni «MetLife» stadionida bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar