Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Jazoirga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "J" guruhidan o'rin olgan uchrashuv AQShning Kanzas-Siti shahrida bo'lib o'tdi va argentinaliklarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Messi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi. U 17-daqiqada Rodrigo de Paulning uzatmasidan so'ng hisobni ochgan bo'lsa, 60 va 76-daqiqalarda ham raqib darvozasini ishg'ol qildi. Uchinchi golda Nikolas Gonsales assist muallifi bo'ldi.

Endilikda sakkiz karra «Oltin to'p» sohibi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida germaniyalik Miroslav Kloze bilan etakchilikni bo'lishib turibdi. Har ikki futbolchi hisobida 16 tadan gol mavjud.

38 yoshli Messi uchun bu Argentina terma jamoasi safidagi 200-o'yin va jahon chempionatlaridagi 27-uchrashuv bo'ldi. Shuningdek, u tarixda oltita jahon chempionatida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylandi.

Manba: championat.com