Messi jarima zarbalari bo'yicha jahon rekordiga yaqinlashmoqda

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi navbatdagi bor jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
38 yoshli argentinalik yulduz MLS doirasida "Orlando Siti"ga qarshi kechgan bahsda (4:2) dubl qayd etdi. Superyulduzning uchrashuvdagi ikkinchi goli 90-daqiqada to'g'ridan-to'g'ri jarima zarbasi orqali kiritildi. The Touchline nashrining xabar berishicha, bu Messining faoliyatidagi jarima zarbasidan kiritilgan 70-goli bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha undan yuqorida faqat braziliyalik afsonalar — Junino (72), Roberto Dinamita (75) va Marselino Karioka (78) bor, xolos.
"Inter Mayami" forvardining faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasidagi eng yaqin ta'qibchisi Krishtianu Ronaldu (63) bo'lib, u umumiy reytingda to'qqizinchi o'rinni egallab turibdi.