Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi kechgan bahsda (2:1) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami»ning 39 yoshli hujumchisi ketma-ket 11 ta o'yindan buyon «gol+pas» tizimi bo'yicha ochko ishlashda davom etmoqda.

Seriya JCh-2022 nimchorak finalida Avstraliyaga qarshi bahsdan boshlangan edi. Keyinchalik Messi Niderlandiya, Xorvatiya va Frantsiya darvozalarini ishg'ol qildi, JCh-2026 da esa Jazoir, Avstriya, Iordaniya, Kabo-Verde va Misrga qarshi o'yinlarda samarali harakat qildi.

Chorak finalda Shveytsariyaga qarshi kechgan bahsda (3:1) argentinalik futbolchining ketma-ket 9 ta o'yinda gol urish seriyasi uzilgan bo'lsa-da, o'sha uchrashuvda u assist qayd etgan edi.

Manba: Stadion.uz