Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida eng ko'p golli uzatma amalga oshirgan futbolchiga aylandi.

Kabo-Verdega qarshi JCh-2026 1/16 final bahsida Messi hal qiluvchi uzatmani amalga oshirib, mundiallardagi golli paslari sonini 9 taga etkazdi. Shu tariqa, u 1986 yilgi jahon chempioni Diego Maradonani ortda qoldirdi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha yakka peshqadamga aylandi. Jahon chempionatlarida golli uzatmalar statistikasi 1966 yildan buyon yuritib kelinadi.

Manba: Stadion.uz