Messi jahon chempionatidagi ilk golidan roppa-rosa 20 yil o'tib yana gol urdi

Lionel Messi jahon chempionatlaridagi o'zining 14-golini ilk golidan roppa-rosa 20 yil o'tib kiritdi.
2006 yilning 16 iyunida hujumchi Serbiya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan edi — bu uning mundiallarning final bosqichidagi ilk goli va turnirdagi debyut uchrashuvi edi. Bugun, oradan roppa-rosa 20 yil o'tib, forvard jahon chempionatida 14-bor raqiblar darvozasiga yo'l topdi — bu safar Jazoir terma jamoasi undan jabr ko'rdi.
Messi faoliyati davomida jahon chempionatlarida jami 27 ta uchrashuv o'tkazdi. Shuningdek, uning hisobida sakkizta golli uzatma ham mavjud.