Messi jahon chempionatida jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo'yicha rekordni takrorladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatida uzoq masofadan yo'llangan zarbalar bilan gol urish bo'yicha rekordchiga etib oldi.
«Albiseleste»ning yulduz futbolchisi Jazoirga qarshi uchrashuvning 17-daqiqasida jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berib, hisobni ochdi. Bu Messi uchun faoliyati davomida mundiallarda uzoq masofadan kiritilgan beshinchi gol bo'ldi va u braziliyalik Rivelinoning rekordini takrorladi, deya xabar bermoqda Opta. Ushbu statistika 1966 yildan buyon yuritib kelinadi.
Umumiy hisobda 38 yoshli argentinalik hujumchining hisobida jahon chempionatlarida urilgan gollar soni 14 taga etdi.