Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoasi JCh-2026 finaliga chiqqanidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz Jahon chempionati o'ziga xos hodisa ekanini bilamiz va u bizga duch kelayotgan barcha qiyinchiliklarni hech bo'lmaganda bir muddat unutishga yordam beradi. Ishi yo'q, oy oxirida qiynaladigan insonlar bor. Ular shunday lahzalarda baxtiyor ekanligini bilish biz uchun yoqimli», — deya Fabritsio Romano so'zlarini keltiradi Messi.

19 iyul kuni Argentina terma jamoasi ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finalida ishtirok etadi. Argentinaliklarning raqibi Ispaniya terma jamoasi bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (20 iyulga o'tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: Stadion.uz