Messi Ispaniyaga qarshi final haqida: «U erda men juda yaxshi ko'radigan «Barselona»ning ko'plab o'yinchilari bor»

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026 finalida Ispaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin haqidagi savolga javob berdi.
Argentinaliklar Angliyani mag'lub etib, yarim finalda uchrashuv yakunida urilgan ikkita gol evaziga g'alaba qozonishdi (2:1). Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Bir kun oldin Ispaniya Frantsiyadan ustun kelib (2:0), finalga chiqqan birinchi jamoaga aylangan edi.
«Oxirgi qadam qoldi, birgina o'yin. Biz kurashishda davom etamiz va hammasini qilamiz. Ispaniya terma jamoasining ko'plab o'yinchilarini bilaman. Ularning aksariyati «Barselona»da to'p suradi — men bu klubni juda yaxshi ko'raman va haligacha kuzatib boraman», — deya 39 yoshli futbolchining o'yindan keyingi intervyudagi so'zlarini keltiradi The Touchline.
Lionel Messi faoliyatining boshidan to 2021 yilgacha «Barselona» safida to'p surgan.
Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar