Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" yulduzi Lionel Messi hozirgi vaqtdagi futbolchilarning asosiy muammosini aytdi.

«Hozirgi paytda ko'p futbolchilar shaxsiy rekordlarga o'zini urishyapti.

Natijada, ular asosiy maqsad – jamoa muvaffaqiyatini unutib qo'yishyapti. Rekordlar yangilanishi uchun avvalo jamoa g'alaba qozonishi kerak», - dedi 38 yoshli argentinalik yulduz.

Eslatib o'tamiz, Messi yaqindagina floridaliklar bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi.