"Messi hech qachon pressing qilmagan": Maurisio Pochettino "PSJ"dagi yulduzli trio bilan ishlash qiyinchiliklari haqida gapirdi

"PSJ" sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yulduzli futbolchilar bilan ishlash haqida o'z fikrlarini bildirdi. Avvalroq argentinalik mutaxassis qo'l ostida Parijda Lionel Messi – Neymar – Kilian Mbappe hujum triosi to'p tepgan edi.
"Messi, Neymar va Mbappega murabbiylik qilish — oson emas. Biz ba'zan o'zlari o'ynayotgan klubdan ham ustun turadigan futbolchilar haqida gapiryapmiz. Messidan pressing qilishini kutib bo'lmaydi. U hech qachon pressing qilmagan — hatto Gvardiola davridagi eng yaxshi yillarida ham. Shu sababli, g'alaba bo'lmagan taqdirda, murabbiy aybdor bo'lib qolaveradi", — deya Pochettinoning so'zlaridan iqtibos keltiradi "The Touchline".
Hozirda Maurisio Pochettino AQSh terma jamoasini Jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Mish-mishlarga ko'ra, argentinalik mutaxassis yozda "Tottenxem"ga qaytishi mumkin.