Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika Kubogi va Evropa chempionati g'oliblari o'rtasida o'tkaziladigan Finalissima — Ispaniyaga qarshi bahsning bekor qilinganidan hafsalasi pir bo'ldi.

Uchrashuv 27 mart kuni Qatarda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq Yaqin Sharqdagi ziddiyatli vaziyat tufayli yakunda bekor qilindi.

ESPN xabariga ko'ra, tarqalgan mish-mishlarga qaramay, Messi UEFA va KONMEBOL [Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi] o'rtasida Finalissimani ko'chirish yoki bekor qilish bo'yicha olib borilgan muzokaralarda ishtirok etmagan va ularga ta'sir ko'rsatmagan.

Manbaning ta'kidlashicha, hujumchi ushbu o'yinni JCh-2026 arafasida faoliyatidagi 48-sovrinni qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat sifatida ko'rayotgan edi.