FIFA statistik ma'lumotlar asosida JCh-2026 guruh bosqichi birinchi turining hujumkor harakatlar bo'yicha eng yaxshi futbolchilarini aniqladi. Bu tizim nafaqat gollar va golli uzatmalarni, balki vaziyatlar yaratish, hujumlarni rivojlantirish va o'z darvozasi oldidagi xavfni bartaraf etishga yordam bergan harakatlarni ham hisobga oladi.

Argentinalik Lionel Messi Jazoir bilan o'yindagi (3:0) het-trikidan so'ng hujumkor futbolchilar reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Messi Argentinaning darvoza sohasiga yo'llagan barcha zarbalari muallifi bo'ldi, uchta gol urdi va jamoasi zarbalarining 60 foizida ishtirok etdi. Shuningdek, Messi Jazoir yarim himoyasi va himoya chiziqlari oralig'ida 23 marta to'pni qabul qilib oldi va raqib chiziqlarini yorib o'tish bo'yicha 12 ta muvaffaqiyatli harakatni amalga oshirdi.

Yangi Zelandiya terma jamoasi vingeri Elaydja Djast Eron bilan o'yindagi (2:2) dubli evaziga ikkinchi o'rinni egalladi. Eng yaxshilar qatoridan, shuningdek, o'zlarining start o'yinlarida dublga erishgan Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe va Shvetsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yasin Ayari ham joy oldi.

Manba: Stadion.uz