Messi faoliyatidagi 917-golini urdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining uchinchi turidan o'rin olgan Iordaniya terma jamoasiga qarshi bahsning ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushdi.
39 yoshli forvard jarima zarbasini golga aylantirishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu gol «Oltin to'p»ning sakkiz karra sohibi uchun faoliyatidagi 917-gol sifatida qayd etildi. Messi umumiy hisobda o'z faoliyati davomida 1159 ta uchrashuv o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi Iordaniyani mahorat evaziga 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Jahon chempionati pley-off bosqichining ilk raundida Lionel Skaloni shogirdlari Kabo-Verde milliy terma jamoasi bilan to'qnash kelishadi. Uchrashuv 4 iyul kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar