Messi: «Eng muhimi – keyingi raundga chiqish, biz doim har bir o'yinda g'alaba qozonishni rejalashtiramiz»

Lionel Messi JCh-2026 2-turida Avstriya ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) keyin o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
Argentina terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi dubl qayd etdi, biroq bungacha penaltini golga aylantira olmagandi.
«Biz muxlislarga quvonish uchun ko'plab sabablar tuhfa qilib bo'ldik, lekin ularga bundan ham ko'prog'ini berishga harakat qilamiz.
Penaltidan foydalana olmaganim uchun o'zimdan juda qattiq xafa bo'lgan vaziyatlarim bo'ldi, lekin buni to'g'irlay oldim. Eng muhimi – keyingi raundga chiqish, har bir o'yinda g'alaba qozonish doim rejalarimizga kiradi.
Butun jamoamiz buni cheksiz quvonch bilan his qilmoqda. Biz yig'ilganimizda birga bo'lish, kurashish, shug'ullanish, kundalik ishlar bilan mashg'ul bo'lish va bunday muxlislarni ko'rish bizga yoqadi.
Men g'alabadan alohida xursandman. U hal qiluvchi va qiyin bo'ldi, biz juda ko'p kuch sarfladik. Bu g'alaba bizga oldinda kutayotgan bahslar uchun ishonch bag'ishlaydi», – dedi Messi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar