Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyoning 46 ta etakchi chempionati bo'yicha futbolchilarning to'psiz fazadagi harakat faolligini baholagan hisobotini e'lon qildi.

Metodologiyaga ko'ra, futbolchilarning to'psiz paytdagi o'rtacha yugurish masofasi jamoaning umumiy masofasiga nisbatan hisoblangan. Shu asosda «Akron» hujumchisi Artyom Dzyuba ikkinchi o'rinni «An-Nasr» forvardi Krishtianu Ronaldu bilan bo'lishdi — ularning ko'rsatkichi 0,74. Bu har 1 km jamoaviy yugurishga o'rtacha 740 metr to'g'ri kelishini anglatadi.

Reytingda eng past ko'rsatkich «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messida qayd etildi — 0,70.

Top-10 ro'yxat:

1. Lionel Messi («Inter Mayami») — 0,70
2–3. Artyom Dzyuba («Akron») — 0,74
2–3. Krishtianu Ronaldu («An-Nasr») — 0,74
4. Sebastyan Vilya («Independente Rivadaviya») — 0,76
5–7. Mirlind Daku («Rubin») — 0,77
5–7. Kilian Mbappe («Real») — 0,77
5–7. Jon Kordoba («Krasnodar») — 0,77
8. Mussa Dembele («Al-Ittifak») — 0,78
9–10. Viktor Osimxen («Galatasaray») — 0,79
9–10. Moize Kin («Fiorentina») — 0,79