Messi Dembeleni buyuk deb atadi

Argentinalik hujumchi Lionel Messi "PSJ" hujumchisi Usmon Dembeleni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgani bilan tabrikladi.
"Buyuk Usmon. Sen uchun juda xursandman va "Oltin to'p" bilan tabriklayman. Sen bunga loyiqsan", - deb fikr bildirgan Messi.
Eslatib o'tamiz, Messi "Oltin to'p"ni yutish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Argentinalik futbolchida jami 8 ta "Oltin to'p" bor.