Lionel Messi yangi natija qayd etdi.

Bugun Argentina terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi 1/8 final doirasidagi Misrga qarshi o'yinda (3:2) gol urdi. JCh-2026 turnirida uning hisobidagi gollar soni 8 taga etdi — bu Leo uchun mundiallar tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichdir.

2022 yilgi jahon chempionatida Messi 7 ta gol urgan edi. O'shanda u Qatarda uch bor penaltidan unumli foydalangan bo'lsa, AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qilayotgan joriy turnirdagi barcha gollarini o'yindan kiritdi.

Manba: Stadion.uz