Messi "Barselona" stadioniga bordi(foto)

"Inter Mayami"ning argentinalik yulduz hujumchisi Lionel Messi "Kamp Nou"ga tashrif buyurdi. Yaqinda arenada rekonstruktsiya ishlari yakunlandi.
"Men juda sog'ingan joyimga bordim. Bu erda juda baxtiyor edim. Umid qilamanki, bu erga yana qaytib kelaman. Va nafaqat futbolchi sifatida xayrlashish uchun", - deyiladi 38 yoshli hujumchining ijtimoiy tarmoqdagi postida.


Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchi 2005-2021 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Messi 2023 yilning yozidan beri "Inter Mayami" futbolchisi hisoblanadi. Uning AQSh klubi bilan shartnomasi 2028 yilning dekabr oyi oxirida yakuniga etadi.